» » Ohangaronda oilaviy janjal chog‘ida erkak xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi

Ohangaronda oilaviy janjal chog‘ida erkak xotinini urib o‘ldirib qo‘ydi


Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida oilaviy janjal ayanchli yakun topdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB ma’lum qildi.

“Ohangaron tumanida 6-sentabr kuni 1988-yilda tug‘ilgan Og‘abek To‘lqinov oilaviy kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjallashib xotini, 1992-yilda tug‘ilgan Ra’no Ulug‘bekovani qo‘l va oyoqlari bilan urib, do‘pposlab unga tan jarohati yetkazgan”, — deyiladi xabarnomada.

Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u 7-sentabr kuni shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Og‘abek To‘lqinovga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-09-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют