» » Nukusda mast fuqaro bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Nukusda mast fuqaro bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi


Nukus shahrining Ernazar Olako‘z ko‘chasida 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda o‘zaro janjal oqibatida 1963-yilda tug‘ilgan fuqaroning yuziga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yerda vafot etgan”.

Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Agarda fuqaro spirtli ichimlik ichib mast bo‘lmaganida, mazkur jinoyat sodir etilmagan bo‘lardi”, — deyiladi IIV axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-03-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют