» » AQSh koalitsiyasi Rakkaning 98 foizi ozod etilganini xabar qildi

AQSh koalitsiyasi Rakkaning 98 foizi ozod etilganini xabar qildi


AQSh boshchiligadiga xalqaro koalitsiya vakili Rayan Dillon “Suriya demokratik kuchlari” tuzilmasining arab va kurd otryadlari Rakka hududining 98 foizini IShID terrorchilaridan tozalaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Stadion sharqida kichik qarshilik o‘chog‘i qolmoqda. IShIDning oxirgi boshpanalarini topish uchun binolar va tunnellar tekshirilmoqda”, — dedi u.

Rakka IShIDning asosiy tayanchi bo‘lib qolgan. U iyun oyidan buyon qamal qilinadi. Iyul oyiga kelib shaharning 30 foizi terrorchilardan ozod qilingan edi.

14-oktabr kuni Al Arabiya telekanali Rakka butunlay ozod etilganini xabar qilgan edi, ammo keyinchalik bu ma’lumot inkor etildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют