» » OAV: Suriyaning Raqqa shahri IShID jangarilaridan butunlay ozod etildi

OAV: Suriyaning Raqqa shahri IShID jangarilaridan butunlay ozod etildi


IShID terrorchilik tashkilotining Suriyadagi asosiy tayanchi bo‘lgan Raqqa shahri jangarilardan butunlay ozod etildi. Bu haqda Al Arabiya’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Telekanal bilan suhbatlashgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, shaharda qolgan jangarilar “Suriya demokratik kuchlar” qurollangan koalitsiyasi otryadlariga taslim bo‘lgan.

Bundan oldin Rossiya harbiy idoralari Suriya hududining 92 foizdan ortig‘i jangarilardan ozod etilgani haqida xabar bergan edi. Raqqani ozod etish harakatlari iyun oyida boshlangan.

O‘sha vaqtda mutaxassislar Suriya va Iroqdagi amalga oshirilgan shu turdagi operatsiyalardan kelib chiqib, shaharni ozod etilish ishlari bir necha oy davom etishini ma’lum qilgan edi.

Biroq iyul oyidayoq AQSh Raqqaning 30 foizi IShID jangarilaridan tozalangani haqida xabar bergan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 12:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют