» » Yevropalik olimlar uchar hasharotlarning massasi 80 foizga kamayganini ma’lum qildi

Yevropalik olimlar uchar hasharotlarning massasi 80 foizga kamayganini ma’lum qildi


Niderlandiya va Germaniya ekologlari Germaniya milliy bog‘larida to‘plangan ma’lumotlarga tayangan holda oxirgi 27 yil ichida uchar hasharotlar massasi jiddiy tarzda kamayganini ma’lum qildi. Bu haqda AQShning PLOS One ilmiy jurnalida chop etilgan hisobotda aytildi, deb xabar beradi Meduza.

Olimlar har yili Germaniyaning 63 himoyalangan tabiiy zonalarida hasharotlar uchun tuzoqlar qo‘yib, martdan oktabrga qadar tutilgan hasharotlar vaznini o‘lchab bordi. Ular yoz oylari o‘rtalarida biomassaning kamayishi 82 foizni, mavsum davomida esa 76 foizni tashkil etganini aniqladi.

Tadqiqotchilar uchar hasharotlar populyatsiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan uch omilni inobatga oldi: iqlim o‘zgarishlari, yashash sharoitlari va uchastkalarda yerdan foydalanish. Ammo bu omillardan hech biri aniqlangan trendni tushuntirib bermaydi.

Shu bilan birga, hisobot mualliflari yil davomida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanilishi, u yerda turli o‘g‘itlar va insektitsidlarning qo‘llanilishi bu ko‘rsatkichlarga ta’sir qilishi mumkinligini qayd qilib o‘tdi.

Xulosa o‘rnida olimlar hasharotlar miqdorining qisqarib borishi va trendning geografik tarqalishi sabablarini aniqlash zarurligini ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют