» » Oktabr oxirida “Toshkent—O‘sh—Qoshg‘ar” yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil qatnovi sinovdan o‘tkaziladi

Oktabr oxirida “Toshkent—O‘sh—Qoshg‘ar” yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil qatnovi sinovdan o‘tkaziladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Qirg‘iziston tashabbusiga ko‘ra Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Suhbat davomida Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni 15-oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni Qirg‘iziston prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi

Ikki davlat rahbarlari yaqinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi o‘zaro tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish borasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini an’anaviy do‘stlik va amaliy ruhda atroflicha muhokama qildi.

O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegaralarining qolgan uchastkalariga oid tegishli shartnomani huquqiy jihatdan rasmiylashtirish va imzolash jarayonini tezroq yakunlash, shuningdek, chegara o‘tkazish punktlarining samarali faoliyatini ta’minlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Transport-kommunikatsiya tizimidagi o‘zaro aloqalar, xususan, shu oyning oxiriga rejalashtirilgan “Toshkent—Andijon—O‘sh—Irkeshtom—Qoshg‘ar” yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda avtomobil qatnovini sinovdan o‘tkazish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют