» » Fermerlar kengashi raisi: Odamlar paxtani qo‘l bilan terishi kerak degan fikrdan uzoqlashmoqdamiz

Fermerlar kengashi raisi: Odamlar paxtani qo‘l bilan terishi kerak degan fikrdan uzoqlashmoqdamiz


19-oktabr kuni Xalqaro press-klubda fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kommersant.uz” xabar bermoqda.

Yig‘ilish spikerlari adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov, Senatning agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bahodir Tojiyev, Qonunchilik Palatasi agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi To‘lqin Eshnazarov, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlari egalari kengashi raisi Bahodir Yusupov, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maqsud Ro‘zimetovlar bo‘ldi.

Fermerlardan biri anjuman chog‘ida spikerlar savollarga to‘laqonli, qoniqarli javob qaytarmayotganidan nolidi:

“Kecha men tanish fermerlar bilan telefonlashdim, ularning xo‘jaliklarida nimalar bo‘layotganini so‘radim. Ko‘pchilik don va paxta rejasi kabi masalalar ustida o‘ylamoqda. Ular taqdim etilgan pul yetmayotganini aytdi. Bir necha gektarga 500 kilogramm miqdorida ishlatiladigan selitra va boshqa o‘g‘itlar ko‘pincha kerakli miqdorda yetib kelmayapti, ba’zan hatto ular umuman yo‘q. Traktor topish qiyinlashib bormoqda. Nega hech kim bu haqda so‘ramayapti? Hokimiyatlarga bu maqsadlarda pul ajratiladi, lekin fermer resurslar taqsimotini shaxsan nazorat qila olmaydi. Bu ishni hokimiyat qiladi. Siz ko‘p fermerlar bugun yaxshi natijalarga erishayotganini aytasiz — ularni kimdir qo‘llab-quvvatlaydi.

AQShda, statistika bo‘yicha, aholining bor-yo‘g‘i 3,7 foizi qishloq xo‘jaligida band. Bizda aholining yarmidan ko‘pi agrar sektorda, nega biz ulardan kuchli ortda qolmoqdamiz? Biz haligacha ketmon bilan yer chopamiz. Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon texnikadan foydalaniladi, sektorni rivojlantirish uchun barcha sharoit bor”.

Savollarga Bahodir Yusupov javob berdi:

“Biz barcha ishsizlar fermerga aylansin degan fikrni nazarda tutganimiz yo‘q. Bizning maqsadimiz — aholi e’tiborini chet elga ketib, mardikor bo‘lish o‘rniga uydagi yer uchastkalaridan foydalanishga qaratish.

Siz aytgan muammolardan boxabarmiz. Tenderdan o‘tmay, boshqaning texnikasidan foydalanib, o‘z me’yorini bajarmayotgan traktorchilar bor. Ayrim vositalar to‘liq berilmayotgan punktlar bor — bu mas’uliyatsiz va savodsiz odamlarning aybi. Ular ertangi kun haqida o‘ylamaydi.

Mexanizatsiya sohasida hukumat har qanday yordamni taqdim etmoqda. Masalan, Toshkent tumanining Quyichirchiq tumanida, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida, Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida plastik kartalardan foydalanishga yuz foizga o‘tilgan. Ma’lumki, Prezident 1 kilogramm paxta uchun okladni oshirish haqida farmon imzoladi, hosil yig‘ish natijalari ham ko‘tarildi. Endi biz odamlar paxtani qo‘lda terishi kerak degan fikrdan uzoqlashmoqdamiz. Biz imkon qadar aholi uchun qulay turmush sharoitlari yaratishga ko‘maklashib boramiz”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 23:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют