» » Fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyati yanada rivojlantiriladi

Fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyati yanada rivojlantiriladi


10-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirmoqda.

Qarorga keltirilgan sharhlarda aytilishicha, qarorda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2017-yil 22-sentabr kuni o‘tkazilgan ta’sis konferensiyasida belgilangan asosiy vazifalar va faoliyat yo‘nalishlari mustahkamlab qo‘yildi.

Ta’kidlash lozimki, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazish jarayonida hamda sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda himoya qilish tashkil etilgan kengashlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifaning sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga bir qator vakolatlar ham berildi.

Xususan, qarorda:

fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari
va qonuniy manfaatlariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilishi shartligi;

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimi bo‘yicha “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki kengashining tarkibiga kiritilishi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va tuman hokimlarining fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanishi hamda maqomi bo‘yicha ularning o‘rinbosarlariga tenglashtirilishi belgilab qo‘yildi.

Qarorda belgilab qo‘yilganidek:

yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismida asossiz ravishda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yoki uni obodonlashtirmagan yer egalariga nisbatan belgilangan yer solig‘i stavkasining uch barobar oshirilgan miqdori qo‘llaniladi;

dehqon xo‘jaligi yuritish uchun uy-joy qurish huquqisiz berilgan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yer egalarining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-10-2017, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 17) ( 0) ( 15) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют