» » O‘zbekistonda 4,2 mlndan ortiq xonadon sitrus mahsulotlari yetishtirish va parranda boqishga jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda

O‘zbekistonda 4,2 mlndan ortiq xonadon sitrus mahsulotlari yetishtirish va parranda boqishga jalb etilishi ko‘zda tutilmoqda


Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Qarorda ajratilgan yer maydonlaridan yanada samarali foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni eksport qilish hajmlarini keskin oshirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini ko‘paytirish maqsadida shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida 2017-2019-yillarda qo‘shimcha ravishda parrandachilik va sitrus (limon) mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturini qabul qilish ko‘zda tutilmoqda.

Qarorga muvofiq, mahalliy sharoitdan kelib chiqib, har bir hududda (aholi punktida) agrofirmalar tashkil etiladi. Ularga buyurtmanomalarga muvofiq sitrus (asosan limon) o‘simliklari uchun issiqxonalar va parranda qafaslarini markazlashgan holda qurib berish hamda tayyor holda xonadon egalariga topshirish, sitrus o‘simliklar ko‘chatlarini olib kelib ekib berish, parrandalar va boshqa zaruriy moddiy-texnika resurslarini yetkazib berish, shaxsiy yordamchi, dehqon (fermer) xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, sitrus va parranada mahsulotlarini harid qilish, tayyorlash, qayta ishlash, sotish va eksport qilish huquqi beriladi.

Tashkil etiladigan agrofirmalarga hududdagi meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari, parrandachilik korxonalari va boshqa yirik korxona hamda tashkilotlar ta’sischi sifatida kiritilishi tavsiya etilgan.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlari bilan 4 million 200 mingdan ortiq oila shug‘ullanishi, 3 yil davomida 10 mingdan ortiq sitrus (limon) va 85 ming bosh parranda yetkazib berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Agrofirmalar, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklariga issiqxonalar qurish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmagan foizlarda 5 yil muddatga (3 yillik imtiyozli davr), parranda boqishni tashkil etish uchun 3 yil muddatga (1 yillik imtiyozli davr) kredit mablag‘lari rasmiylashtirib berilishi belgilangan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (8-02-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют