» » Oltin kamar uchun bir qadam qoldi: mag‘lub bo‘lmayotgan Qudratillo Abduqahhorov ham AQShda jang qiladi

Oltin kamar uchun bir qadam qoldi: mag‘lub bo‘lmayotgan Qudratillo Abduqahhorov ham AQShda jang qiladi


O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov 18-noyabr kuni Las-Vegasda hisob bo‘yicha o‘zining 13-jangini o‘tkazadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi.

66,7 kilogramm vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan Abduqahhorov murabbiy Ilgar Aliyev qo‘l ostida Filippin poytaxti Manilada mashg‘ulot o‘tkazmoqda. U 15-noyabr kuni AQShning Nevada shtatiga jo‘nab ketadi.

Jangda o‘zbekistonlik bokschiga kim raqib bo‘lishi va uning necha raunddan iborat ekani yaqin kunlarda oshkor etiladi. Abduqahhorovning aytishicha, unda chempionlik kamari uchun faqatgina 1 ta jang qolgan. Bu yo‘lda sportchi AQShdagi ilk jangida zafar quchishi kerak bo‘ladi.

Qudratillo Abduqahhorov hozirga qadar professional ringda 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida raqiblarini mag‘lub etgan. 8 ta jangida nokaut bilan zafar quchgan.

Manilada, shuningdek, o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘afforov ham mashg‘ulot olib bormoqda. U ham 18-noyabr kuni Las-Vegas ringiga chiqib kelishi aytilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют