» » Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lib kirishini istisno etmadi

Finlyandiya NATOga a’zo bo‘lib kirishini istisno etmadi


Rossiya Finlyandiya uchun tahdid emas, shu bilan birga, Xelsinki kelgusida NATOga qo‘shilishini ham istisno etmaydi. Bu haqda Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Timo Soyni “Kommersant” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi  “Korrespondent.net”.

“Finlyandiya Rossiya tomonidan xavfni sezayotgani va hech narsadan cho‘chiyotgani yo‘q. Ikki davlat o‘rtasida ijobiy munosabatlar o‘rnatilgan va chindan ham muammolar yo‘q. Tashqi siyosatimiz barcha, birinchi galda, qo‘shnilar bilan yaxshi aloqalarga asoslangan. Shu bilan birga, Yevroittifoq, BMT, Shimoliy kengashga a’zomiz, NATO bilan sherikchiligimiz bor”, —dedi Soyni.

Finlyandiya Shvetsiya NATO bilan yanada yaqin hamkorlikka qaror qilgudek bo‘lsa, undan o‘rnak olishi yoki yo‘qligi haqidagi savolga javoban Soyni bu mavzu na Xelsinki, na Stokgolmda muhokama etilayotganini bildirdi.

“Ikki davlat ham NATOga a’zo emas, hozir bu mavzu muhokama etilayotgani ham yo‘q. Shu bilan birga, NATOga qo‘shilish imkoniyatini istisno etmasligimiz lozim. Istalgan mamlakat shunday imkoniyatga ega bo‘lishi kerak, shu sababli ochiq eshiklar siyosati zarur. Biroq Finlyandiya hukumati ayni paytda bu masalani dolzarb emas deb hisoblamoqda”, — xulosa qildi tashqi ishlar vaziri.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют