» » Reuters: Misrda diniy aqidaparastlar bilan jangda 30 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Reuters: Misrda diniy aqidaparastlar bilan jangda 30 nafar politsiyachi halok bo‘ldi


Misrda kamida 30 nafar politsiya xodimi mamlakat g‘arbida yashirinib yurgan diniy aqidaparastlar bilan bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar “Xazm” terrorchilik harakatining a’zolari bo‘lgan va mamlakatning turli hududlarida, jumladan, Qohirada ham ko‘plab teraktlar uyushtirganlikda gumonlanmoqda. Ular granatomyotlar orqali politsiya mashinasiga o‘t ochgan va yo‘lga o‘rnatilgan portlovchi qurilmalarni ishga tushirib yuborgan.

Hozircha ushbu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют