» » Aziz Haydarov goli bilan klubiga ilk g‘alabani olib berdi. Sardor Rashidov esa zaxira futbolchisi

Aziz Haydarov goli bilan klubiga ilk g‘alabani olib berdi. Sardor Rashidov esa zaxira futbolchisi


O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki yetakchi futbolchisi to‘p surayotgan BAA chempionatida 5-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

6 yil davomida “Ash-Shabab” sharafini himoya qilib, yangi mavsumni debyutant “Ajman” safida boshlagan Aziz Haydarov yangi klubidagi ilk golini urdi. Mazkur gol “Ajman”ga mavsumdagi ilk g‘alabani taqdim etdi. Bungacha jamoa ketma-ket 4 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergandi.

Aziz Haydarov “Ajman”ning asosiy figuralaridan biri hisoblanadi. U ortda qolgan 5 ta uchrashuvda asosiy tarkib a’zosi sifatida maydonga chiqib keldi.

Sardor Rashidov to‘p suradigan “Al-Jazira” esa mavsumni ishonchli boshlay olmadi. Uning hisobida 5 ta turdan keyin faqatgina 1 ta g‘alaba bor. Qatar Yulduzlar Ligasidan Sardor Rashidovni chaqirtirib olgan Amirlik chempionatining amaldagi chempioni, turnir jadvalining ekvatoridan ham pastroqda joylashgan.

Klubning gollandiyalik bosh murabbiyi Sardor Rashidovni ortda qolgan 5 ta uchrashuvning 2 tasidagina asosiy tarkibda ko‘rishni istadi. O‘zbekistonlik futbolchi keyingi o‘yinlarda zaxiradan maydonga tushishni boshladi. Jumladan, golsiz durang bilan yakuniga yetgan uchrashuvda ham Rashidov 70-daqiqaga kelib o‘rindiqdan ko‘tarildi.

“Al-Jazira” BAA chempioni sifatida 6-dekabr kuni start oladigan klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida ishtirok etadi. Ketma-ket ikki g‘alaba “Al-Jazira”ga Madridning “Real” klubi bilan to‘qnash kelish imkoniyatini beradi.

BAA chempionati
5-tur uchrashuvlari
20-oktabr, juma

Gol: Aziz Haydarov, 7 (0:1).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 34) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют