» » Ispaniya qiroli Filipp VI mamlakatning bo‘linib ketishiga qarshi turishga chaqirdi

Ispaniya qiroli Filipp VI mamlakatning bo‘linib ketishiga qarshi turishga chaqirdi


Ispaniya qiroli Felipp VI Ispaniya Kataloniya hukumatining mamlakatni bo‘lib yuborish uchun qilayotgan harakatiga qarshi turishi kerak ekanligini ta’kidladi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Ispaniya o‘z milliy hududining bir qismini ajratish uchun ketayotgan harakatga qarshi turishi va mamlakat ushbu muammoni o‘zining qonuniy demokratik institutlarini qo‘llab, 39 yildan beri yashab kelayotgan demokratik parlament prinsiplari hamda konstitutsiyani hurmat qilgan holda yechishi kerak”, — dedi qirol “Asturiya malikasi” mukofotini topshirish marosimida.

Mamlakat rahbari bu orqali Kataloniyaning avtonom hudud maqomini to‘xtatib turuvchi konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llashni nazarda tutgan.

19-oktabr, payshanba kuni Kataloniya hukumati rahbari Karles Puchdemon Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyning “hudud mustaqilligi e’lon qilindimi?”, deya bergan savoliga javob qaytarishi lozim bo‘lgan vaqtning so‘nggi muddati niyohasiga yetgan.

21-oktabr kuni Ispaniya vazirlar kengashi favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, Kataloniyaning o‘zini o‘zi boshqarishini cheklovchi konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llash jarayonini boshlaydi. Ushbu modda qo‘llanilishini senat tasdiqlashi kerak.

1978-yilda konstitutsiya qabul qilinganidan buyon ushbu modda biror marta ham qo‘llanilmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют