» » Kataloniya rahbari ispan qirolining “mas’uliyatsizlik” haqidagi aybloviga javob qaytardi

Kataloniya rahbari ispan qirolining “mas’uliyatsizlik” haqidagi aybloviga javob qaytardi


Kataloniya rahbari Karles Puchdemon ispan qiroli Filipp VI ni “millionlab kataloniyaliklar fikrini qasddan inobatga olmaslik”da aybladi. Bu haqda Puchdemon o‘zining telemurojaati orqali ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

“Siz o‘z murojaatingiz orqali sizni qadrlaydigan va og‘ir damlarda yordam bergan, sizdan boshqacha munosabat kutgan Kataloniyadagi ko‘plab insonlarning hafsalasini pir qildingiz”, — dedi avtonom hudud rahbari.

Puchdemon ispan qirolining Kataloniya hukumati referendum o‘tkazib “mas’uliyatsizlik” qilgani va buning oqibatida qonun va demokratiya doirasidan tashqariga chiqib ketganligi borasidagi so‘zlariga ham javob berdi. “Bunday emas. Biz doim qonun ustuvorligini ta’minlaymiz”, — dedi Puchdemon. Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum bilan bog‘liq vaziyatda Ispaniya va Kataloniya muzokara o‘tkazishi uchun vositachilik lozim.

Avvalroq, Ispaniya qiroli Kataloniyadagi referendumni tan olmagani haqida xabar berilgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют