» » Kataloniya rahbari Ispaniya bosh prokuroriga qarshi da’vo kiritdi

Kataloniya rahbari Ispaniya bosh prokuroriga qarshi da’vo kiritdi


Kataloniya rahbari Karles Puchdemon Ispaniya bosh prokurori Xose Manuel Masaga qarshi da’vo kiritdi, deya xabar beradi “TASS”.

Masa avtonomiyaning mustaqillik to‘g‘risidagi referendum o‘tkazilishiga ko‘mak berishga rozi bo‘lgan 700 ta aholi punkti merini so‘roqqa chaqirgandi.

Puchdemonni Bosh prokuratura politsiya xodimlariga ovoz berishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma bergani va shu tariqa sud vakolatlariga tajovuz qilgani ham qoniqtirmadi.

Avtonomiya rahbariga ko‘ra, gap hokimiyatni suiis’temol qilish va vakolatlardan noqonuniy foydalanish haqida ketmoqda. Da’vo Kataloniya Oliy sudiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ispaniya bosh prokurori Karles Puchdemon hibsga olinishi ehtimolini istisno etmagandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют