» » Kataloniya yetakchisi mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga shubha qilmasligini bildirdi

Kataloniya yetakchisi mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga shubha qilmasligini bildirdi


Kataloniya yetakchisi Karles Puchdemon Fransiyaning Frans Inter radiostansiyasi efirida 1-oktabrga mo‘ljallangan mintaqa mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga shubha qilmasligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Puchdemon Madrid man etishiga qaramay referendum o‘tkazilishi tufayli ziddiyatlar yuzaga kelishi, hatto mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketishi mumkinligidan cho‘chimasligini ma’lum qildi.

“Oxirgi 6 yil mobaynida milliondan ortiq odam ishtirok etgan ulkan namoyishlar bo‘lib o‘tdi, biroq hech qanday salbiy holatlar kuzatilmadi”, — dedi Kataloniya rahbari.

Ispaniya fuqarolik gvardiyasi 20-sentabr kuni Kataloniyada o‘tkazgan maxsus operatsiya davomida 14 kishi qo‘lga olindi, 41 ta tintuv o‘tkazildi, referendumda ovoz berish uchun tayyorlab qo‘yilgan salkam 10 million byulleten musodara etildi.

“Garchi bu Ispaniya konstitutsiyasi doirasidan chetga chiqish bo‘lsa ham, davlat tomonidan shunday munosabat ehtimolini ko‘zda tutgandik. Rasmiylar xuddi favqulodda holat joriy etilgan va Kataloniya avtonomiyasi to‘xtatib qo‘yilganidek harakat qildi. Ovoz berish uchun joylar va fikr bildirish uchun byulletenlar, eng asosiysi, ovoz beruvchilarning o‘zi bo‘lishini tasdiqlayman”, — ta’kidladi Puchdemon.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ispaniya bosh prokurori Xose Manuel Masa Kataloniya rahbari Karles Puchdemonning hibsga olinishi ehtimolini istisno etmagandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-09-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют