» » Kataloniyaliklarning salkam 60 foizi mustaqillik to‘g‘risidagi referendum huquqiy kuchga ega emasligini bildirmoqda 

Kataloniyaliklarning salkam 60 foizi mustaqillik to‘g‘risidagi referendum huquqiy kuchga ega emasligini bildirmoqda 


Kataloniyaliklarning salkam 60 foizi avtonom hamjamiyat rasmiylari 1-oktabrda o‘tkazishni rejalashtirayotgan mustaqillik to‘g‘risidagi referendum hech qanday huquqiy kuchga ega emasligini bildirmoqda. Metroscopia jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi so‘rovi natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Ovoz berishning xalqaro nuqtai nazardan qonuniyligi haqidagi savolga kataloniyaliklarning 57 foizi salbiy javob berdi, 38 foizi ma’qulladi, qolganlari aniq to‘xtamga kelmadi yoki javob berishdan bosh tortdi.

Shu bilan birga, kataloniyaliklarning 82 foizi mojaro yechimi Madrid bilan kelishilgan referendum o‘tkazilishida, deb hisoblamoqda.

So‘rov 18—21-sentabr kunlari Kataloniyaning barcha hududida o‘tkazildi. Unda 2200 kishi ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, so‘rovlarga ko‘ra, Kataloniya mustaqilligini avtonom hamjamiyat aholisining 41 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda, 49 foizi bunga qarshi chiqmoqda.

Fuqarolik gvardiyasi 20-sentabr kuni o‘tkazgan maxsus operatsiya davomida 14 kishi qo‘lga olindi, 41 ta tintuv o‘tkazildi, referendumda ovoz berish uchun tayyorlab qo‘yilgan salkam 10 million byulleten musodara etildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-09-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют