» » O‘rgimchakning qurbaqaga hujumi amerikalikni jazavaga tushirdi (video)

O‘rgimchakning qurbaqaga hujumi amerikalikni jazavaga tushirdi (video)


AQShning Florida shtati fuqarosi braziliya sayyor o‘rgimchagining to‘riga tushib qolgan qurbaqani tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldi. Holat aks etgan videoga “RIA Novosti” e’tibor qaratdi.

Videoda ko‘rinadiki, bir necha soniyada o‘rgimchak o‘z o‘ljasini qalin to‘r qatlami bilan o‘rab tashlaydi. Bu vaqtda kadr ortida operatorning qichqirig‘i eshtilgan.

Rolik muallifi videoning izohida bu joyda paydo bo‘lgan ko‘plab o‘rgimchaklardan faqat bittasini tasvirga olganini qayd etgan. Foydalanuvchilar izohlarda qopqonga tushib qolgan qurbaqaga hech kim yordam bermaganidan noligan.

Braziliya sayyor o‘rgimchagi juda tajovuzkor hisoblanadi. Uning zahari tarkibida kuchli neyrotoksin moddasi bo‘lib, u mushaklarni falaj qilib qo‘yadi va oxir-oqibat nafas siqilishiga olib keladi.

Bu o‘rgimchaklar Markaziy va Janubiy Amerikada yashaydi, biroq tez-tez banan konteynerlarida Yevropaga kelib qoladi, shuning uchun ular banan o‘rgimchaklari deb ham ataladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-10-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют