» » Amerikalik ayol avtomobilda 7-qavatdan tushib ketib omon qoldi (video)

Amerikalik ayol avtomobilda 7-qavatdan tushib ketib omon qoldi (video)


AQShning Texas shtati poytaxti Ostin shahrida ayol o‘z avtomobilida ko‘p qavatli avtoturargohning yettinchi qavatidan tushib ketdi. Hodisa aks etgan videoga Daily Mail e’tibor qaratdi.

Yettinchi qavatdan yerga perpendikular tushib kelgan BMW avtomobili Chevrolet Tahoe yo‘ltanlamasining yaqiniga “qo‘ngan”. Shunga qaramasadan, ikkala haydovchi ham omon qolgan.

Nashrning yozishicha, BMW haydovchisi bo‘lgan ayol gaz va tormoz pedalini adashtirib yuborgan. Himoya to‘siqlari esa avtomobilni to‘xtatib qola olmagan. Yettinchi qavatdan tushib kelgan avtomobil Chevrolet’ning orqa qismiga biroz zarar yetkazgan.

Chevrolet haydovchisiga hech qanday zarar yetmagan. Ayol esa shifokorlardan yordam olishga majbur bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-08-2017, 03:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют