» » Kemerovoda 3 yoshli bolakay 5-qavatdan qulab, omon qoldi

Kemerovoda 3 yoshli bolakay 5-qavatdan qulab, omon qoldi


Kemerovo viloyatida 3 yoshli bolakay 5-qavat derazasidan tushib ketib, og‘ir jarohatlar oldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyatdagi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘il bola uyda ota-onasi bilan birga bo‘lgan. Atigi bir necha daqiqa nazoratsiz qolgan bolakay derazadan uchib o‘tayotgan samolyotni ko‘rib, deraza tokchasiga chiqadi va 5-qavatdan tushib ketadi. Uning yo‘qligini payqagan kattalar bolaning pastda, asfaltda yotganini ko‘rib, tez yordam chaqiradi”, — deya aniqlik kiritdi matbuot xizmati.

Bola og‘ir holatda kesalxonaga yotqizildi. Hozirda yuz bergan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют