» » Ispaniya tashqi ishlar vaziri Kataloniyaga nisbatan ko‘rilayotgan choralarni tushuntirib berdi

Ispaniya tashqi ishlar vaziri Kataloniyaga nisbatan ko‘rilayotgan choralarni tushuntirib berdi


Ispaniya tashqi ishlar vaziri Alfonso Dastis federal hukumat Kataloniyada tartibni qayta tiklashga urinayotganini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Ispaniya hukumati — katta xohish bilan emas — tartib-intizomni tiklashga, konstitutsiyani tiklashga, shuningdek, kataloniyaliklar huquqlarini tiklashga urinmoqda”, — dedi u.

Muqaddam federal hukumat Kataloniya muxtoriyati rahbariyatini chetlashtirmoqchi ekani ma’lum bo‘lgan edi.

Vazir Kataloniya aholisi mahalliy hokimiyat chaqiriqlariga javob bermasligiga umid bildirdi.

“Biz Kataloniyaning kundalik muammolarini mahalliy qonunlar va me’yorlarga ko‘ra hal qiladigan rahbariyatni hokimiyatga keltirmoqchimiz. Umid qilamanki, aholi mahalliy hukumatning chaqiriqlariga javob bermaydi, negaki ularda bunday ko‘rsatma berish huquqi bo‘lmaydi”, — xulosa qildi Dastis.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 07:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют