» » Shohjahon Ergashev o‘zining 11-jangida amerikalik Markes Xoutornga raqiblik qiladi

Shohjahon Ergashev o‘zining 11-jangida amerikalik Markes Xoutornga raqiblik qiladi


11-noyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev faoliyatidagi o‘n birinchi va okean ortidagi ilk jangini o‘tkazadi.

Bu borada uning raqibi amerikalik Markis Xoutorn bo‘ladi, deb yozdi Boxingtalk nashri. Avvalroq o‘zbekistonlik bokschini meksikalik charm qo‘lqop ustasi kutayotgani aytilgandi.

“Olamsport” nashrining qayd etishicha, Qo‘qon boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Shohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi faoliyati mobaynida ikkinchi bor o‘zbekistonlik bokschiga raqiblik qiladi. Floyd Meyvezer promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiladigan Sanjar Rahmonov 2016-yilning 16-sentabr kuni Xoutornni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.

Markis Xoutorn professional ringda 12 ta jang o‘tkazib, shularning 5 tasida zafar quchgan va 7 tasida imkoniyatni boy bergan. Shohjahon Ergashevning natijasi esa 10 ta jang va 10 ta nokaut.

Raqib ma’lum bo‘lishi bilan Boxingtalk nashri Ergashevdan intervyu oldi.

Menga Amerikada mashg‘ulot olib borish yoqdi. Bu yerda 11-noyabr kungi jangim uchun jiddiy tayyorlandim. Hozir o‘zimni a’lo darajada his qilmoqdaman.

Promouterim menga bergan barcha va’dalarini bajardi. Endi esa men bunga o‘zimning javobimni ko‘rsatishim kerak bo‘ladi. O‘zbekistonliklardan tashqari jang davomida menga bir qator amerikaliklar va rossiyaliklar ham muxlislik qiladi. Nyu-Yorkda qo‘llab turuvchilarim yetarli.

Shohjahon Ergashev, bokschi

Intervyuda charm qo‘lqop ustasi o‘ziga qattiq ishonayotganini tushunish qiyin emas. Bu borada u raqibning hech qanday ahamiyati yo‘qligi haqida ham gapirgan.

Men o‘zgacha hissiyotlarni boshdan kechirmoqdaman. Amerikaga kelishim oldinga tashlangan yana bir qadamdir. Bunda men o‘zimning yangi qirralarimni Amerika boks maktabi orqali butun dunyoga ko‘rsatishni istayman.

Qarshimda qanday raqib turishining ahamiyati yo‘q. Men bo‘lajak jang uchun qattiq tayyorgarlik ko‘rdim va qiyinchiliklardan qochmadim. Endi buni amalda ko‘rsatish vaqti keldi.

Shohjahon Ergashev, bokschi

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют