» » “To‘xtaniyoz ota” sifat menejmenti xalqaro tizimining sertifikatlashtirishidan o‘tdi

“To‘xtaniyoz ota” sifat menejmenti xalqaro tizimining sertifikatlashtirishidan o‘tdi


“To‘xtaniyoz ota” fermer xo‘jaligi bugungi kunda O‘zbekistondagi kolbasa ishlab chiqaruvchi eng tajribali hamda mashhur korxonalardan biri sanaladi. 1993-yilda kichik xususiy korxona sifatida ish boshlagan kompaniya ayni damda istalgan ta’bga mos keluvchi 150 dan ortiq turdagi kolbasalarning keng assortimentini bozorga chiqaradi.

Brend asoschisining an’analarini davom ettirgan holda kompaniya “To‘xtaniyoz” nomi bilan atala boshlangan edi. Ayni damda Toshkent viloyatida joylashgan ushbu zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi butun O‘zbekiston bo‘ylab mahsulot yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Ishlab chiqarilayotgan kolbasa mahsulotlarining yuqori sifati va ishlab chiqarish sharoitlari nafaqat xaridorlar e’tirofi, balki kompaniya o‘z faoliyati mobaynida sazovor bo‘lgan mukofot va sertifikatlar orqali ham bilinib turibdi. ISO 9001:2015 sertifikati hozircha qo‘lga kiritilgan so‘nggi yutuq bo‘lib turibdi. Bu sifat menejmenti xalqaro tizimining kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha guvohnomasi sanaladi.

Ushbu sertifikat mehnat jarayonini boshqarishning baholash mezoni bo‘yicha so‘nggi talqinni namoyon etadi. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, sertifikat Yevropa me’yorlariga to‘liq javob berib, kompaniyalarga faqatgina standartning barcha tasniflariga mos kelgan taqdirdagina taqdim qilinadi.

U Rossiya va MDH davlatlari hududida umumiy tan olingan bo‘lib, Yevropa me’yorlarining xalqaro talqinlariga asoslanadi.

ISO 9001-2015 ham ish jarayonining muntazam modernizatsiyasi va rivojlanishi, xaridorlarning talablariga javob berish bo‘yicha tashkiliy tizimning, shuningdek, tahliliy monitoring hamda ishlab chiqarishning texnologik taraqqiyotining mavjudligini tasdiqlaydi. Hujjat IQNet kompaniyasi va “Russkiy registr” sertifikatlashtirish Assotsiatsiyasi hamkorligida 3 yilga berilgan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi tomonidan uning mavqeini doimiy tasdiqlab turadi.

Avvalroq ham “To‘xtaniyoz ota” brendi yuqori darajadagi tanlovlar va mahalliy hamda xorijiy mukofotlarning sohibiga aylangan edi.

Jumladan, 2000 va 2006-yillarda “To‘xtaniyoz ota” “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining sovrindoriga aylangan. 2003-yilda esa Parijda o‘tkazilgan rivojlangan davlatlar konvensiyasida Oltin medal bilan taqdirlangan. 2004-yilda Nyu-Yorkda (AQSh) tashkil etilgan rivojlangan davlatlar konvensiyasida platina (oq oltin) medalga sazovor bo‘lgan. Huddi shu yili “To‘xtaniyoz ota” “O‘zbekistondagi eng yaxshi mahsulot” yo‘nalishida sovrinni qo‘lga kiritgan. O‘tgan yili esa “To‘xtaniyoz ota” ADWEEK—2016 mukofotining “Iste’mol mahsulotlari” nominatsiyasidagi sovriniga ega bo‘lgan.

Shunday qilib, mabodo kompaniyaning Kelesdagi yagona zavodiga borib qolsangiz, “To‘xtaniyoz ota”ning o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlariga qanchalik noziklik va ulkan e’tibor bilan yondoshayotganining guvohiga aylanasiz. Ideal darajadagi tozalik, har bir xodimdagi tartibli uniforma, sinchiklab tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayoni va qo‘lqop hamda bosh kiyimlarni kiygan holda ishlash. Ichkariga kirar ekansiz, butun boshli ishlab chiqarish jarayoni ipidan ignasigacha ma’suliyat va kompaniya obro‘siga monand tarzda tuzib chiqilganiga guvoh bo‘lasiz.

“To‘xtaniyoz ota”dagi ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, umumiy jarayon har bir bosqichda sinchkovlik bilan nazorat qilinadi. Xususiy go‘sht fermasining borligi, doimiy veterinariya nazorati, o‘ziga xos retseptlar va ilg‘or texnologiyalar kompaniya kolbasalarini mazali va foydali bo‘lishini ta’minlaydi.

Reklama huquqi asosida!

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-10-2017, 12:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 94) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют