» » Nobel Pharmsanoat — xalq xizmatida

Nobel Pharmsanoat — xalq xizmatida


O‘zbekiston hukumat hay’atining Turkiyaga safari chog‘ida o‘lkamizda faoliyat ko‘rsatayotgan Nobel Pharmsanoat kompaniyasining Turkiyadagi asosiy sarmoyadori bo‘lmish Nobel ?la? A.?. vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar asnosida O‘zbekistonga kiritiladigan yangi investitsiyalar borasida memorandum shartnomasi imzolandi. Mazkur shartnomaning amalga oshirilishi mamlakatimizda surtma, sirop, inyeksiya shaklidagi yangi dori mahsulotlarining ishlab chiqarilishiga, mahsulot turlari va hajmining oshishiga, eksport salohiyatining ortishiga imkon beradi.

Nobel Pharmsanoat – O‘zbekistonda yuz foiz chet el sarmoyasi asosida 2002-yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan,  ishlab chiqarishdan saqlashgacha va mahsulot marketingiga qadar barcha bosqichlarni o‘z ichiga olgan, tabletka, kapsula va suspenziya kukuni shaklida yiliga 6 million quti mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega to‘la siklli, zamonaviy va dinamik firmadir. Nobel Pharmsanoat 2012-yilda xalqaro ISO 9001:2008, 2014-yilda ISO 22000:2005 (HACCP), 2016-yilda esa GMP sifat sertifikatiga sazovor bo‘lgan. Mazkur standartlar kompaniya mahsulotlarini dunyoning ko‘plab o‘lkalariga, xususan Yevropaga eksport qilish imkoniyatini beradi.

Kompaniya o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini va mahsulot hajmini oshirish uchun Toshkent shahrining Qorasuv dahasida yangi zamonaviy dori-darmon fabrikasi qurilishini nihoyasiga yetkazmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar dasturidan o‘rin olgan mazkur fabrikada jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, eksportbop dori-darmonlar ishlab chiqarish mo‘ljallangan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 13,5 million AQSh dollariga tengdir.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (14-03-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют