» » Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Jorj Ola 89 yoshida vafot etdi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Jorj Ola 89 yoshida vafot etdi


Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Jorj Ola 89 yoshida Beverli-Hillzdagi (AQSh, Kaliforniya shtati) uyida vafot etdi. Bu haqda olim oxirgi yillarda faoliyat olib borgan Janubiy Kaliforniya universiteti ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Jorj Ola 1994-yilda karbokationlar sohasidagi tadqiqotlari uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan edi.

Mazkur izlanishlar tufayli neftni qayta ishlash va benzin ishlab chiqarishning samarali, ekologiya uchun xavfsiz usullari uchun asos yaratildi. 

Mukofot puliga Ola iste’dodli olimlarni qo‘llab-quvvatlash fondini tuzdi. U 20 kitob, 1500 dan ortiq maqola muallifi bo‘lib, dunyoning 7 davlatida 160 ta patent olgandi. 

Опубликовано: admin (10-03-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют