» » Sportchi Venetsiya marafonida g‘olib bo‘ldi, chunki uning raqiblari boshqa tomonga yugurdi

Sportchi Venetsiya marafonida g‘olib bo‘ldi, chunki uning raqiblari boshqa tomonga yugurdi


Venetsiyada 22-oktabrda bo‘lib o‘tgan marafonda italiyalik sportchi Eyob Jebreyeue g‘olib chiqdi. U 1995-yildan buyon mazkur marafonda g‘olib chiqqan birinchi italiyalik bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Masofaning o‘rtasida yetti nafar sportchidan iborat guruh hosil bo‘ldi. Bu guruh eng yaqin raqiblardan, shu jumladan, Jebreyeuedan bir daqiqaga oldinlab ketdi. Biroq yetakchilarga yo‘l ko‘rsatuvchi motosikl noto‘g‘ri tomonga burildi va sportchilarni ortidan ergashtirib ketdi.

Shu tufayli tarkibida Jebreyeue bo‘lgan ishtirokchilar guruhi oldinga o‘tib ketdi. Sobiq yetakchilar masofaga 25-kilometrda qaytdi, biroq bu vaqtda ular bir daqiqaga ortda qolgan edi. Italiyalik sportchi 2:12:16 natija bilan finish chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Bu uning karyerasidagi marafonda qozonilgan birinchi g‘alaba bo‘ldi. Finishga ikkinchi bo‘lib eritoriyalik sportchi Muhammad Musa yetib keldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 00:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют