» » Tailandlik darvozabon g‘alabani bayram qilishga shoshildi va uni qo‘ldan chiqardi (video)

Tailandlik darvozabon g‘alabani bayram qilishga shoshildi va uni qo‘ldan chiqardi (video)


Tailandning Patxumtxani provinsiyasida 21-oktabr kuni “Bangkok Sports Klab” va “Satri Angtxong” futbol jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. O‘yinning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi va futbolchilar penaltilar seriyasiga o‘tdi, deb yozmoqda Meduza.

Penaltilar seriyasida ham g‘olibni aniqlash oson bo‘lmadi. Hisob 19:19 gacha bordi, biroq yakunda “Bangkok Sports Klab” o‘yinchisi tepgan to‘p darvoza to‘siniga tegdi, “Satri Angtxong” darvozaboni esa buni g‘alaba deb o‘ylab, quvonch bilan maydon markaziga yugurib ketdi.

To‘singa tegib, uchib ketgan to‘p yana darvoza tomonga tushdi va sakrab-sakrab darvoza to‘ridan joy oldi.

“Satri Angtxong” o‘yinchisi esa keyingi penaltini ura olmadi va “Bangkok Sports Klab” o‘yinda g‘olib chiqdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-10-2017, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют