» » “Kim Chen In” Trampning osmono‘par binosiga kirib, tashrifchilar bilan salomlashdi (video)

“Kim Chen In” Trampning osmono‘par binosiga kirib, tashrifchilar bilan salomlashdi (video)


Amerikalik prankster QPark KXDR yetakchisi Kim Chen Inning qiyofadoshini yollab, uni AQSh prezidenti Donald Tramp egalik qiluvchi, Nyu-Yorkdagi osmono‘par binoga olib bordi, deb yozadi Daily Mirror.

“Kim Chen In” o‘zini tansoqchi qilib ko‘rsatayotgan prankster bilan Nyu-York bo‘ylab sayr qildi. O‘tkinchilar “diktator”dan Amerikada nima ishi borligi haqida so‘radi, Shimoliy Koreya yetakchisining basketbolchi Dennis Rodman bilan do‘stligini esga oldi va u bilan suratga tushdi.

Uoll Stritda “Kim Chen In” va tansoqchisi Tramp-bildingga yo‘l oldi va soqchidan u AQSh prezidentini ko‘rgan-ko‘rmagani haqida so‘radi. “Qo‘rqamanki, bu maxfiy axborot”, — deya javob berdi u. So‘ng QPark “oliy rahbar barchaga minnatdorlik bildiradi” deya e’lon qildi, KXDR yetakchisining qiyofadoshi qo‘l silkitdi va ular binoni tark etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют