» » O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


19-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining navbatdan tashqari hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash Bosh boshqarmasi va viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshliqlari, Respublika miqyosidagi davolash-profilaktika muassasasi rahbarlari, ilmiy tekshirish institutlari hamda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlar direktorlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov raisligida o‘tkazildi.

Hay’at yig‘ilishi davomida murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomi, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalik muhofazasi, tibbiyotning xususiy sektorini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar tanqidiy tahlil qilindi.

Yig‘ilish yakunida joylarda aholi salomatligini yanada yaxshilash, har bir oilaga kirib borish va muloqot o‘rnatishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil qilish borasida muhim vazifalar belgilandi.

Tibbiyot xodimi faoliyati samarasi xalq fikri orqali baholanadigan tizim shakllantirish, bunda tibbiyotning barcha bo‘g‘ini, ayniqsa birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatiga alohida e’tibor qaratish ta’kidlandi.

O‘zbekistonda qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar o‘z vaqtida, sifatli bajarilishida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi har bir xodim mas’uliyatni chuqur his etib ishlashi lozimligi, asosiy mezon — xalq roziligi ekani qayd etildi.

Barchamiz guvohi bo‘lib turibmiz, shu o‘tgan qisqa vaqt ichida Prezidentimiz tibbiyot xodimlari bilan to‘rt marotaba uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilishlarning har birida barchamizni o‘ylantirayotgan, xalqimizning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalar ko‘tarildi. To‘g‘ri, harakatlarimiz natijasiz ketmadi. Xalqimizning salomatlik ko‘rsatkichlarida ishimiz samarasi ko‘rinmoqda. Ammo endi xonada o‘tirib, hisobot va raqamlarga tayanib ish ko‘rishimiz mumkin emas. Bunday ishlash mezoni xalqni qoniqtirmaydi. Faoliyatimizning bahosini xalqimiz berishi kerak. Mana shu tizim bizning haqiqiy yuzimiz — ishimizning ko‘zgusi bo‘ladi.

Alisher Shodmonov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri   

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют