» » Qoraqalpog‘istonda plastik kartochkalarga qo‘shimcha narx qo‘yib sotayotgan sotuvchilar aniqlandi

Qoraqalpog‘istonda plastik kartochkalarga qo‘shimcha narx qo‘yib sotayotgan sotuvchilar aniqlandi


Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’mochilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga fuqarolardan 748 ta ariza kelib tushgan bo‘lsa, shularning 198 tasi savdo sohasiga tegishlidir, deb xabar beradi Qoraqalpog‘iston axborot agentligi.

Ular orasida sotuvchilar tomonidan naqd pul va plastik kartochkalarga bir xil narxda savdo qilmaslik bo‘yicha ariza va murojaatlar mavjud.

Fuqarolarga oziq ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida Nukus dehqon bozorida tashkil qilingan yarmarkada plastik kartochkalarga qo‘shimcha narx qo‘yib sotayotgan sotuvchilarning bor ekanligi aniqlandi. Bu haqda Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Almashova og‘zaki murojaat orqali ma’lum qilgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha federatsiyaning huquqiy bo‘lim mutaxassislari o‘rganish ishlari olib bordi va muammo bartaraf qilindi.

Shuningdek, To‘rtko‘l tumanidagi savdo kompleksida 801—802-sonli do‘kondan fuqaro Z.Mavlenova 400 ming so‘mlik sandiq sotib olmoqchi bo‘lgan. Lekin sotuvchi turli bahonalarni aytib iste’molchiga plastik kartochkaga savdo qilmasligini aytgan. Iste’molchi To‘rtko‘l tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ariza bilan murojaat qilgan. Uning murojaati ko‘rib chiqilib, jamiyat xodimlari tomonidan sandiq iste’molchining plastik kartochkasiga sotib olib berilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют