» » Sobiq Ittifoq uchirgan ikki sun’iy yo‘ldosh Yer atmosferasida yonib ketdi

Sobiq Ittifoq uchirgan ikki sun’iy yo‘ldosh Yer atmosferasida yonib ketdi


Sobiq Sovet Ittifoqi davrida uchirilgan ikki sun’iy yo‘ldosh — “Molniya-1-44” va “Kosmos-1461” Yer atmosferasida yonib ketdi. Bu haqda AQShning koinot qurilmalari parvozini kuzatuvchi onlayn-servisi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Molniya-1-44” Zimbabve hududida parchalanib ketgan. “Kosmos-1461” radioelektron razvedka sun’iy yo‘ldoshining yonib bitmagan bo‘laklari Antarktika qirg‘oqlari yaqinida — Janubiy okeanga quladi.

“Molniya” sun’iy yo‘ldoshlari katta turkumda chiqarilgan bo‘lib, shu sababli orbitadan chiqib ketishi tez-tez kuzatiladi.

Rossiya kosmonavtika akademiyasi akademigi Aleksandr Jeleznyakovning so‘zlariga ko‘ra, bu sun’iy yo‘ldoshlar odatda atmosferada butkul yo‘q bo‘lib ketadi, yergacha og‘irligi 500 grammgacha bo‘lgan bo‘laklar yetib kelishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-10-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют