» » MRB birinchi sun’iy yo‘ldosh uchirilishiga oid maxfiy hujjatlarni oshkor qildi

MRB birinchi sun’iy yo‘ldosh uchirilishiga oid maxfiy hujjatlarni oshkor qildi


AQSh markaziy razvedka boshqarmasi Sovet Ittifoqi tomonidan birinchi sun’iy yo‘ldosh uchirilishiga oid hujjatlarni oshkor qildi. Hujjatlar boshqarma saytida joylashtirildi.

Materiallar orasidan muassasaning prezident Eyzenxauerga taqdim etilgan sovet koinot-raketa dasturlari bo‘yicha hisobotlari va qaydlar o‘rin olgan. Ulardan aksariyati mazkur dasturlarning dastlabki bosqichi haqida yangi ma’lumotlar beradi.

“Sun’iy yo‘ldosh ilk bor uchirilganiga 60 yil to‘lgan kunda MRB unga taalluqli oldin e’lon qilinmagan hujjatlar to‘plamini taqdim etdi. To‘plamga MRB razvedka ma’lumotlari va 1955—1960-yillar mobaynidagi sovet dasturlari tahlili kiritilgan. Ular jamoatchilik uchun yangilik bo‘ladigan 59 ta hujjat va 440 sahifadan iborat”, — deyiladi hujjatlar annotatsiyasida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют