» » Sverdlovsk viloyatida turar-joydagi yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Sverdlovsk viloyatida turar-joydagi yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi


Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Serov shahrida 25-oktabrga o‘tar kechasi barak tipidagi turar-joyda yuz bergan yong‘in oqibatida besh kishi, jumladan ikki nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Sverdlovsk politsiyasi matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelix ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Serov shahri Sosvinskiy ko‘chasidagi barak tipidagi 34-uyning bir xonali 1-kvartirasida 00:45 da yong‘in yuzaga keldi, tom qulab tushdi. Yong‘in o‘chirilgandan so‘ng 02:30 da vayronalar ostidan kvartira egasi 1986-yil tug‘ilgan ayol va uning 2006 va 2015-yillarda tug‘ilgan ikki qizi, shuningdek, halok bo‘lgan ayolning ikki qo‘shnisi jasadi topildi”, —  deydi Gorelix.

Uning so‘zlariga qaraganda, yong‘in elektr uzatish simi qisqa tutashuvi yoki yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 14:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют