» » Arxitektura: Karton qog‘ozidan qurilgan uy (foto+video)

Arxitektura: Karton qog‘ozidan qurilgan uy (foto+video)


Amsterdamlik dizaynerlar Wikkelhouse — kartondan yasalgan uyni o‘ylab topishdi. Bu kabi uyning devorlari uchun yuqori mustahkamlikka ega 24 qatlamli kartondan foydalanilgan. Uning yordamida ekologik toza super yelimlar orqali qotiriladigan modullar yaratiladi, deb xabar berdi TJournal.

Bu turdagi uyni qurish uchun 30 ming yevro sarflanadi.

Uyning bo‘limlari yog‘och panellar bilan qotiriladi va suv o‘tkazmaydigan qatlam bilan qoplanadi. Qo‘shimcha pul to‘lash evaziga oshxona va kiyinish xonasi qo‘shish mumkin.

Bino chuqur asosga muhtoj emas, biroq bo‘limlari qattiq asosga qotirilishili kerak. Dizaynerlar bu kabi uylar 100 yilgacha xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Fiction Factory studiyasi bir yilda bu kabi uylardan 20 dona yaratadi va ularning sifatiga diqqat bilan e’tibor beradi. Kompaniya Amsterdam va Londonda shu turdai karton uylarni qurishga ulgurdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-10-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют