» » Saakashvili Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingani haqidagi hujjatlarni oldi

Saakashvili Ukraina fuqaroligidan mahrum qilingani haqidagi hujjatlarni oldi


Ukrainalik muxolif siyosatchi Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti ma’muriyatidan mamlakat fuqaroligidan mahrum qilingani haqidagi hujjatlarni olganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Men bugun yoki ertaga sudga boraman. Biz meni fukarolikdan mahrum qilish qarori ustidan shikoyat qilamiz”, — dedi siyosatchi.

Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko tomonidan fuqarolikdan mahrum qilingan edi. Uning pasporti amal qilishi to‘xtatilganiga qaramay, siyosatchi tarafdorlarining yordami bilan mamlakatga Yevropa tomondan kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ukraina migratsiya xizmati Saakashviliga qochqin maqomini taqdim etishdan bosh tortdi. Uning fuqaroligi ham tiklanmasa, siyosatchi Gruziyaga ekstraditsiya qilinishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют