» » Shavkat Mirziyoyev Turkiya parlamentiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya parlamentiga tashrif buyurdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zA.

Buyuk millat majlisi Turkiyaning oliy qonun chiqaruvchi organidir. Unga 1920-yil 23-aprelda asos solingan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan oliy darajada muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni tashriflar almashinuvi va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish orqali qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etilgan edi. Muloqotda mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Buyuk millat majlisi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Shavkat Mirziyoyev Buyuk millat majlisi binosi va faoliyati bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yili Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda halok bo‘lgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston rahbari Istanbul shahriga jo‘nab ketdi.

Mavzuga doir: Ekspert: “Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi tarixiy ahamiyatga ega”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 125) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют