» » Zangiota va Bo‘ka tumanlarida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda

Zangiota va Bo‘ka tumanlarida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilmoqda


O‘zbekistonda tabiiy gazdan oqilona foydalanish, joylarda iste’molchilar tomonidan nostandart gaz uskunalari ishlatilishining oldini olish va gaz bosimi tushib ketish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.

Tabiiy gaz ta’minoti borasida ayniqsa, qish faslida ayrim hududlarda bosimning pasayib ketishining oldini olish maqsadida Toshkent viloyatidagi “Zangiotatumangaz” filiali xodimlari tomonidan aholi bilan suhbatda xonadonlar, issiqxonalar va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida qish mavsumida tabiiy gazdan oqilona foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Zangiota tumanida tabiiy gazdan foydalanuvchi 41 mingdan ortiq xonadon, 830 ga yaqin ulgurji iste’molchilar va 120 budjet tashkiloti mavjud. Bundan tashqari, chekka mahalla va qishloqlarda yashovchi 195 oilaga doimiy ravishda suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Qish faslida ayrim mahallalardagi gaz bosimi pasayib ketadigan ko‘chalarda yashovchi besh ming 523 xonadon ro‘yxati shakllantirilib, muntazam ravishda suyultirilgan gaz bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.

Hududda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari avvaldan tuzilgan reja asosida amalga oshirilmoqda. Joylarda 990 gaz taqsimlovchi uskunaning barchasi ko‘rikdan o‘tkazilib, nosozlari to‘liq qayta ta’mirlandi. 24 kilometr quvurlar soz holatga keltirildi. Yuqori bosimli 116 kilometr masofadagi yer osti quvurlari sinovdan o‘tkazilib, aniqlangan gaz sizib chiqish holatlari joyida bartaraf etildi.

Piskent tumanlararo gaz ta’minoti Bo‘ka tumani hududiy filialida ham kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rilib, aholining tabiiy gaz ta’minotiga bo‘lgan talablarini qondirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют