» » Navoiyda hovlisidagi tandirga o‘zboshimchalik bilan gaz tortib olgan fuqaro jarimaga tortildi

Navoiyda hovlisidagi tandirga o‘zboshimchalik bilan gaz tortib olgan fuqaro jarimaga tortildi


Majburiy ijro byurosi tashkil etilgandan buyon joriy yilning 15-oktabriga qadar Navoiy viloyati Karmana tumanida 74 ma’muriy huquqbuzarlik holati aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Natijada elektr energiyasidan 24 million so‘mdan ortiq, tabiiy gazdan 26 million so‘mga yaqin qarzdorlik vujudga kelgan. Byuroning tuman bo‘limi tomonidan bu qarzdorliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilib, elektr energiyasi bo‘yicha 23 million 280 ming so‘m, tabiiy gaz qarzdorligi bo‘yicha 17 million 630 ming so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi.

Olib borilayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot ishlariga qaramasdan, ayrim iste’molchilar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli borasida hamon huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi Paxtaobod mahallasida yashovchi R.Davronova hovlisidagi tandirga o‘zboshimchalik bilan gaz tortib, noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.

Mazkur fuqaro 4 320 metr kub tabiiy gazni o‘lchov uskunasisiz sarflagani, davlatga qariyb 1,3 million so‘m moddiy zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Yetkazilgan zarar to‘liq undirilib, qo‘shimcha ravishda xonadon egasiga 748 ming so‘m jarima jazosi qo‘llanildi.

Tumanning “Malik” massivida joylashgan “Navoiy chorva parranda” xususiy korxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilayotgani aniqlandi. Davlatga yetkazilgan 1,4 million so‘m zarar undirildi va korxona rahbari I.Musayevga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют