» » Sirdaryoda ona-tili va adabiyot o‘qituvchisi MIB xodimlariga tan jarohati yetkazdi (video)

Sirdaryoda ona-tili va adabiyot o‘qituvchisi MIB xodimlariga tan jarohati yetkazdi (video)


Inspektor Ilhom Musayev boshchiligidagi Majburiy ijro byurosi xodimlari Sirdaryo viloyati Guliston tumanining “Navoiy” mahallasida yashovchi fuqaro Fazliddin Xaydarovning xonadoniga elektr energiyasidan foydalanishdagi qonuniylikni o‘rganish maqsadida borishganida, uy egasi o‘zboshimchalik bilan elektr manbasiga noqonuniy ulanib olganligi ma’lum bo‘lgan, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.

Byuro xodimlari tomonidan voqea yuzasidan bayonnoma tuzilib, noqonuniy ulanishni uzayotgan vaqtda Fazliddin Xaydarov davlat xodimlariga jiddiy qarshilik ko‘rsatib, turli haqoratli so‘zlarni ishlatgan va ispektor Ilhom Musayevga yengil tan jarohati yetkazgan.

Mazkur voqea yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro Fazliddin Xaydarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют