» » Nukusda Majburiy ijro byurosi xodimiga 50 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan MChJ rahbari qo‘lga olindi

Nukusda Majburiy ijro byurosi xodimiga 50 million so‘m pora bermoqchi bo‘lgan MChJ rahbari qo‘lga olindi


Majburiy ijro byurosi 2017-yilning 26-sentabr kuni Nukus shahrida joylashgan “Gabit kurilis servis” MChJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexida tekshirish o‘tkazganda MChJ rahbari N.Shintasov tomonidan gaz tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulanish holatlari aniqlanib, rasmiylashtirilgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligiga tayanib, “KRuz.uz” xabar berdi.

Mazkur jamiyat rahbari N.Shintasov aniqlangan ushbu zararni kamaytirib ko‘rsatish evaziga tekshirish guruhi rahbariga 50 million so‘mni pora taklif qilgan va bu pora berish bo‘yicha takliflari audiotasmaga yozib olingan.

Ushbu holat yuzasidan tekshirish guruhi mutasaddi organlarga xabar qilgan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “Gabit kurilis servis” jamiyati rahbari N.Shintasov katta inspektor K.Jumagulovga uning boshqaruvida bo‘lgan avtomashinasida 50 million so‘mning bir qismini dollarda hisoblab, jami 2500 AQSh dollarini pora tariqasida taqdim qilayotgan paytda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan, “Gabit kurilis servis” jamiyati rahbari N.Shintasovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirgi kunda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют