» » Kanada rasmiylari terrorizmda yanglish ayblangan 3 nafar fuqaroga 25 mln dollar to‘ladi

Kanada rasmiylari terrorizmda yanglish ayblangan 3 nafar fuqaroga 25 mln dollar to‘ladi


Kanada rasmiylari terrorizmda yanglish ayblangan uch fuqaroga 31,3 million Kanada dollari (25 million AQSH dollari atrofida) to‘ladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Gap 2001—2003-yillarda Suriya va Iroqda bo‘lgan Abdulloh Al-Malikiy, Ahmad al-Maatiy va Muayd Nuriddin haqida bormoqda. Ularning advokatlari 100 million Kanada dollari (80 million AQSH dollari) miqdorida tovon to‘lanishini talab qilgandi.

CTV telekanaliga ko‘ra, ular Kanada maxsus xizmatlari tomonidan nomlari xalqaro terrorchilar ro‘yxatiga kiritilganidan so‘ng Suriya va Iroqda hibsga olingan. Jumladan, Ottavada istiqomat qilgan muhandis Abdulloh Al-Malikiy 2002-yildan boshlab 22 oyni Suriya qamoqxonasida o‘tkazgan va qiynoqlar ostida “Al-Qoida”ga “aloqadorligi”ni tan olgan.

2008-yilda Kanada oliy sudining sobiq sudyasi harakati bilan boshlangan tekshiruv davomida Kanada TIV, xavfsizlik xizmati va milliy politsiya xatoga yo‘l qo‘ygani, bu esa mazkur fuqarolar noqonuniy qo‘lga olinishiga olib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Joriy yil mart oyida Kanada tashqi ishlar vaziri Xrista Friland hamda jamoat xavfsizligi va fuqaro himoyasi vaziri Ralf Gudeyl tomonidan ulardan kechirim so‘raldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют