» » Kanadadagi universitet ta’minotchi kompaniya nomidan xat yo‘llagan firibgarlarga salkam 10 mln dollar o‘tkazib berdi

Kanadadagi universitet ta’minotchi kompaniya nomidan xat yo‘llagan firibgarlarga salkam 10 mln dollar o‘tkazib berdi


Edmontondagi Makoun universiteti rahbariyati o‘quv yurtining kichik xodimlari fishing hujumi qurboni bo‘lgani va firibgarlarga 11,8 million Kanada dollari (9,5 million AQSh dollari) o‘tkazib berganini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Firibgarlar o‘quv yurti sheriklaridan birining domeniga o‘xshash domenni ro‘yxatdan o‘tkazdi va logotipi bir xil bo‘lgan sayt nusxasini yaratdi. O‘xshash elektron pochta ham ishga tushirilib, undan yetkazib beruvchi kompaniya nomidan bank rekvizitlari o‘zgargani, shu sababli endi pullarni boshqa hisob raqamga jo‘natish zarurligi haqida bildirishnoma jo‘natiladi.

Universitet xodimlari aldovni payqamadi va 9 kun ichida 3 ta operatsiyani amalga oshirdi: birinchi marta 1,9 million, so‘ng 200 ming, oxirgi bor esa 9,9 million Kanada dollari yubordi. Yakuniy operatsiya 19-avgust kuni amalga oshirildi, 23-avgust kuni esa haqiqiy yetkazib beruvchi kompaniya pul o‘tkazmalari amalga oshirilmagani sababini tushuntirib berishni talab qildi.

Politsiya mablag‘ Kanada va Gonkongdagi hisob raqamlarida ekanligini aniqlash va aksariyat qismini muzlatib qo‘yishga erishdi. Hozirda universitet yuristlari ularni qaytarishga urinmoqda, faqat 400 ming dollar qayerga yuborilgani noma’lum bo‘lib turibdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют