» » Tayvan rasmiylari soliq to‘lovlaridan qarzdorligi tufayli Uber aktivlarini muzlatdi

Tayvan rasmiylari soliq to‘lovlaridan qarzdorligi tufayli Uber aktivlarini muzlatdi


Tayvan rasmiylari soliq to‘lovlaridan qarzdorligi tufayli AQShning onlayn-taksi xizmatini ko‘rsatuvchi Uber kompaniyasi aktivlarini muzlatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Tayvan markaziy axborot agentligiga ko‘ra, gap kompaniyaning salkam 384 ming dollardan iborat bank depozitlarini blokirovka qilish va Taybeydagi ofisi jihozlarini musodara etish haqida ketmoqda. 

Kompaniya 2015-yil uchun soliqlarni to‘lamaganligi, to‘lovlardan bo‘lgan umumiy qarzorlik esa 1,6 million dollardan oshganligi bildirilmoqda. 

Yanvar oyidan boshlab orolda xususiy tashish xizmatlarini noqonuniy ko‘rsatganligi uchun jarima miqdori ko‘p karra oshirilib, 2,5 million Tayvan dollarigacha (803 ming AQSh dollari) yetkazildi. Shundan beri Uber’ga qo‘llangan jarimalar miqdori 35 million dollardan oshdi. 

Amerika kompaniyasi Tayvan bozoridagi faoliyatini 4 yil avval boshladi va shu paytga qadar 15 millionga yaqin tashishni amalga oshirdi. Biroq kompaniya axborot texnologiyalari korxonasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют