» » Rossiyada xususiy uylar balandligini uch qavat bilan cheklash taklif qilindi

Rossiyada xususiy uylar balandligini uch qavat bilan cheklash taklif qilindi


Rossiya hukumati xususiy uylarni 20 metr balandlik va uch qavat bilan cheklash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda mamlakat qurilish vaziri Mixail Men bayonot berdi, deb xabar qiladi Meduza.

Vazirning so‘zlariga qaraganda, ayrim quruvchilar xususiy mulk niqobi ostida ko‘p qavatli turar-joylarni qurmoqda, bunga hissadorlar mablag‘larini ham jalb etmoqda. Bu holatning oldini olish uchun xususiy uylar balandligini cheklash taklif etilmoqda.

Shuningdek, Men 500 kvadrat metrdan kattaroq hududga ega individual uy-joy qurishni rejalashtirganlarga loyihaviy hujjatlar taqdim etish, ekspertiza o‘tkazish kabi majburiyatlarni yuklashni taklif qilmoqda.

500 kvadrat metrdan kamroq maydonga ega uylar qurilishida eski tartib saqlab qolinadi, buning uchun mahalliy ma’muriyat bino qurilishi va qurilish ishlarining tugaganidan boxabar etilishi lozim.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют