» » Tojikistonlik jurnalist: Shavkat Mirziyoyevning portali haqiqatan ham “sehrli” ekanligiga ishonch hosil qildim

Tojikistonlik jurnalist: Shavkat Mirziyoyevning portali haqiqatan ham “sehrli” ekanligiga ishonch hosil qildim


Tojikistonning Asia-Plus nashri bosh muharriri Avaz Yo‘ldoshev bir necha yillardan buyon birinchi marta O‘zbekistonga mashinada borib, mamlakatning yangi yetakchisi ichki islohotlarga haqiqatan ham jiddiy kirishganiga ishonch hosil qildi. Bu haqda u “Mirziyoyevning sehrli portali” sarlavhali mualliflik maqolasida aytib o‘tdi.

“Mahalliy aholi aytishicha, O‘zbekistondagi mansabdorlar xalq fikriga quloq solishni boshlagan, korrupsiya esa kamaygan. Nima sababdan? Suhbatdoshlarim bir ovozdan mansabdorlar juda qo‘rqadigan, Mirziyoyevning portalini tilga oldi”, — deb yozadi jurnalist.

“Prezident qabulxonasiga murojaat qilib, javob olgan fuqarolar so‘zlariga ko‘ra, amaliyot O‘zbekiston fuqarolarining birorta ham murojaati javobsiz qolmasligini ko‘rsatgan… Va mahalliy aholi aytganidek, o‘zbek amaldorlari endi aholining prezidentga shikoyatidan olovdan qo‘rqqandek qo‘rqadi”, — deya davom etdi u.

“Shunisi qiziqki, — deya qayd etadi muharrir, — Prezident portali ochilishi bilan, barcha vazirlik va idoralar, viloyat, shahar va tumanlar rahbarlari fuqarolarning shikoyat va arizalarini qabul qilish uchun shunday qabulxonalarni ochgan. Prezidentdan ortda qolmay, muammolarni ‘o‘sib turgan joyida’, hali davlat rahbariga yetib bormasidan hal qilishga intilmoqda”.

Tojikistonlik jurnalist O‘zbekistonda mahalliy aholidan eshitgan Shavkat Mirziyoyev portalining “sehri”ni uyga qaytish chog‘ida sinab ko‘rishga qaror qildi. Chegarada o‘zbek bojxonachisi nonushta qilib olish maqsadida undan o‘n daqiqa kutib turishini so‘ragan vaqtda jurnalist unga Prezident portali haqida eslatgan, bu esa ish bergan: uni tabassum bilan va ortiqcha to‘siqlarsiz o‘tkazib yuborishgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют