» » Turkmaniston O‘zbekiston madaniyati kunlariga hozirlik ko‘rmoqda

Turkmaniston O‘zbekiston madaniyati kunlariga hozirlik ko‘rmoqda


Turkmanistondagi O‘zbekiston madaniyati kunlari 13-noyabrda Ashxabodda boshlanib, 15-noyabr kuni mamlakat shimolidagi Dashoguz viloyatida yakunlanadi. Bu haqda Turkmaniston madaniyat vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi  SNG.Today.

13-noyabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmaniston madaniyat vazirligida qabul qilinadi. Uchrashuv davomida tomonlar gumanitar sohada hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Kunning ikkinchi yarmida Maqom saroyida O‘zbekiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi va o‘zbek san’at ustalarining konserti bo‘lib o‘tadi.

Ertasi kuni “Ashxabod” kinoteatrida o‘zbek filmlari namoyishi va “Vatan” kinokonsert markazida O‘zbekiston ansambllarining chiqishlari ko‘zda tutilgan.

15-noyabr kuni o‘zbek delegatsiyasi Dashoguzga keladi. Nurmuhammad Andalib nomli musiqali-dramatik teatrda O‘zbekiston madaniyati kunlari ikki mamlakat san’atkorlarining birgalikdagi katta konserti bilan yakunlanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-10-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют