» » Qozog‘istondagi Markaziy Osiyo savdo forumida O‘zbekiston 10 mln dollarlik shartnomalar imzoladi

Qozog‘istondagi Markaziy Osiyo savdo forumida O‘zbekiston 10 mln dollarlik shartnomalar imzoladi


Joriy yilning 18—19-oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shamil Burnashev rahbarligida  Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan VII Markaziy Osiyo savdo forumida ishtirok etgan edi. Shuningdek, “C5+1” Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh mintaqaviy hamkorlik doirasida eksport uchravushlarida ham ishtirok etdi. Bu haqda “Pravda Vostoka Online” xabar bermoqda.

Tadbir doirasida O‘zbekiston stendi tashkil etilib, unga tashrif buyuruvchilar yurtimizning turli sohalardagi yutuqlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Yalpi yig‘ilishda iqtisodiyot, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish   borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va transport-logistika imkoniyatlari haqida so‘z bordi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari ishtirokchilarni mamlakatimizda 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

VII Markaziy Osiyo savdo forumi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston delegatsiyasi 10 million AQSh dollarilik shartnomalar imzoladi. Forum doirasida Markaziy Osiyodagi bo‘lg‘usi oldi-sotdilar bo‘yicha jami 26 million dollarlik shartnomalar tuzildi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют