» » Tesla uchinchi chorakda rekord darajada zarar ko‘rdi

Tesla uchinchi chorakda rekord darajada zarar ko‘rdi


Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi joriy yilning uchinchi choragida rekord darajada zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Zarar miqdori 671 million dollarni tashkil etdi, deb xabar beradi Meduza.

Shu bilan birga, kompaniya tushumi hisobot davrida rekord darajada o‘sib, 2,984 milliard dollarni tashkil etdi.

Tahlilchilar bashoratlaridan ko‘ra yomonroq natijalarni ko‘rsatgan choraklik hisobot chop etilgach, Tesla rahbari Ilon Mask kompaniya haftasiga 5 ming dona Model 3 elektromobillarining chiqarilishini ortga surishini ma’lum qildi.

Oldinroq 2017-yil oxirigacha shu haftalik natijaga erishi ko‘zlanayotgan edi, endi bu 2018-yil birinchi choragidan erta bo‘lmagan muxlatga ko‘chirildi.

Hisobot chop etilgach, Tesla aksiyalari narxi birjadan tashqari sotuvlarda 5 foizga tushib, 304,9 dollarni tashkil qildi.

Опубликовано: admin (2-11-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют