» » Buxoroda farzandining ta’lim olish majburiyatlarini bajarmagan 16 nafar ota-ona javobgarlikka tortildi

Buxoroda farzandining ta’lim olish majburiyatlarini bajarmagan 16 nafar ota-ona javobgarlikka tortildi


2-noyabr kuni Buxoro viloyati hududida o‘tkazilgan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlariga viloyatdagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik vakillari keng jalb etilib, ma’muriy hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir qator tezkor-profilaktik ishlar amalga oshirildi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB.

Ushbu kuni aholi gavjum bo‘lgan joylarda alohida 66 ta patrullik yo‘nalishlari tashkil etildi.

Tadbir davomida, viloyat bo‘yicha jami 418 ta ta’lim muassasalari, bozorlar, savdo do‘konlari hamda kompyuter o‘yingohlarida “Davomat” tadbirlari o‘tkazilib, o‘z farzandining ta’lim olish majburiyatlarini bajarmagan 16 nafar ota-onalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy komissiyalarga yuborildi.

Ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan “Davomat” tadbirlari bo‘yicha ta’limni boshqarish organlariga tegishli taqdimnomalar kiritilib, o‘quvchi-talabalarni o‘qishga qaytarish chora-tadbirlari belgilab berildi.

Misol uchun, Olot xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan “Davomat” tadbiri davomida jami 418 nafar kollej talabalarining 20 nafari, tumandagi qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida ta’lim oluvchi jami 1173 nafar o‘quvchilardan 71 nafari shu kuni o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют